• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

“WorldSkills Uzbekistan-2022” ishchi kasblari boʻyicha Milliy chempionat oʻtkazildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > “WorldSkills Uzbekistan-2022” ishchi kasblari boʻyicha Milliy chempionat oʻtkazildi
Mar 31, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Joriy yilning 28-30-mart kunlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “WorldSkills Uzbekistan-2022” ishchi kasblari boʻyicha Milliy chempionat oʻtkazildi.

▶️Mazkur Milliy chempionatda 225 nafar talabgor oʻzaro bahs olib borishdi. Chempionatning “Quruq qurilish va suvoqchilik” nominatsiyasi boʻyicha ajratilgan jami 17 soat vaqt davomida ishtirokchilar gipsokartondan konstruksiya qurish boʻyicha berilgan topshiriqni “WorldSkills” standartlari asosida bajardilar.

✅Chempionatda Qurilish vazirligi tizimidagi Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida tahsil oluvchi Foziljon Nusratov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, Xitoy davlatining Shanxay shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro musabaqada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.