⚡️Qurilish vaziri o‘rinbosari N.Babayev boshchiligida Qashqadaryo viloyatining barcha qurilish bo‘limlari, viloyat Qurilish bosh boshqarmasi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, ”Shaharsozlik ekspertizasi” DUK viloyat filiali, Qashqadaryo viloyati Tender konsalting markazi mutaxassislari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
✅Seminar hududlarda komplayens nazoratni joriy qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzulariga bag‘ishlandi. Undan ko‘zlangan maqsad esa korrupsiyaga qarshi kurashishda mutaxassislarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
➡️ Vazirlik tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar doimiy izchil amalga oshirib kelinmoqda.