2021 yil iyul oyiga qadar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xulosalari asosida axborot xizmati rahbari lavozimiga rasman tasdiqlanib, faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi 139 nafar matbuot kotibidan 29 nafarining (o‘tgan yil yakunida 14 nafar) ish natijalari yuqori, 74 nafariniki (o‘tgan yil yakunida 67 nafar) o‘rta, 23 nafariniki (o‘tgan yil yakunida 30 nafar) qoniqarli, 13 nafari (o‘tgan yil yakunida 17 ta)ning faoliyati past darajada, deya baholandi.
Tuman va shaharlar hokimliklari kesimida 206 nafar matbuot kotibidan 10 nafarining (o‘tgan yil yakunida 6 nafar) faoliyati yuqori, 83 nafariniki (o‘tgan yil yakunida 7 nafar) o‘rta, 70 nafariniki (o‘tgan yil yakunida 117 nafar) qoniqarli, 38 nafariniki (o‘tgan yil yakunida 60 nafar) esa past darajada, deb topildi.