🧮Sovuq kunlarda aholiga belgilangan me’yorda yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi uchun to‘lovlar o‘rnatilgan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ravshanbek Jo‘rayev ma’lum qildi:
🦠 Joriy yilning 16-23 yanvar kunlari ishchi guruhlar tomonidan hamda vazirlikda tashkil etilgan dispetcherlik shtabiga kelib tushgan murojaatlar asosida issiqlik ta’minoti sohasida 148 ta ko‘p qavatli uy va 3 ta ijtimoiy soha obyekti, elektr ta’minoti sohasida 962 ta hamda gaz ta’minoti sohasida 4 ta ko‘p qavatli uyda yuzaga kelgan uzilish va nosozliklar bartaraf etilib, ta’minot qayta tiklandi.
📈Hududlar va qozonxonalarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimining oshishi natijasida issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasining harorati 7-8 Sga oshirildi.