⚡️2022-yil 16-iyun kuni D.Adilov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasi Yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi MOLIT binosiga tashrif buyurdi.
▶️Ishchi guruh a’zolari MOLIT vazirining o‘rinbosari Kvon Xyuk Jin tomonidan MOLITning bosh muzeyida joylangan Koreyaning tarixiy ko‘rinishi va bosqichma-bosqich rivojlanish qadamlari haqida ko‘rgazmali ekskursiyaga taklif etildi. Ekskursiya davomida Koreyaning tarixdagi bosib o‘tgan qadamlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga o‘xshashligi ta’kidlandi va bu borada O‘zbekiston tomoniga Koreyaning tajribasini ulashishga tayyor ekanligini ma’lum qilindi.
✅MOLIT bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligi, Koreya tajribasini o‘rgatish bo‘yicha O‘zbekistonning davlat tashkilotlari xodimlari uchun malaka oshirish dasturlari, qurilish sohasida ikki tomonlama manfaatli investitsiyalar kiritishga, Koreya kompaniyalariga O‘zbekistonda mavjud jozibador loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.