• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

HAMKORLIK

Okt 4, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📝Qurilishda standartlashtirish Respublika markazining kompleks qurilish sinov laboratoriyasiga Oʻzbekistonda texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tasarrufidagi institut mutasaddilari tashrif buyurishdi

◀️Tanishuv chogʻida mehmonlar xalqaro standartlar va metodlarni hamkorlikda joriy etish, ilmiy va amaliy aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur laboratoriyada bugungi kunda 200 dan ortiq sinov laborator tahlillar amalga oshiriladi. Majmua salohiyatli yoshlar uchun oʻziga xos mahorat maktabi. Talabalar bu yerda qurilish obyektlarini taʼmirlash, qurilish materiallari, konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlarni tizimlashgan roʻyxati, yaʼni qurilish resurslari klassifikatorini yuritib borish kabi amaliy jarayonlarda ham faol ishtirok etadilar. Oʻquv-uslubiy laboratoriyaning imkoniyatlarini yanada kengaytirish boʻyicha qator vazifalar belgilab olingan. Bunda texnologiyalarni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan.