❗️Qurilish vazirining 2022-yil 10-martdagi 38-son buyrugʻi bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlanib, Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
✅Mazkur nizom asosida ishlarni toʻgʻri tashkil etish boʻyicha joriy yilning 1-aprel kuni Hududiy inspeksiyaning masʼul xodimlari ishtirokida Inspeksiya markaziy apparati tashabbusi bilan oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.
?Seminarning asosiy maqsadi yangi qabul qilingan nizomni hududiy inspeksiya xodimlariga yetkazish, kelgusida mazkur nizom asosida ishlarni toʻgʻri va aniq hisob-kitoblar boʻyicha tashkil etishni tushuntirish, inspeksiyaning ish unumdorligini oshirishga erishishdan iborat.
▶️Seminar davomida masʼullar tomonidan hududiy inspeksiya xodimlariga amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan nizom bilan ishlash, instrumental texnik tekshiruv oʻtkazish asoslari va tartibi, oʻtkazilgan istrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
?Seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olgan holda, qabul qilingan nizom kelgusida hududiy inspeksiyalar uchun dasturilamal boʻlib xizmat qilishini takidlab oʻtishdi.