• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Mar 30, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

☁️ Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari Xorazm viloyatida ham keng miqyosda olib borilmoqda.

Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusidagi ayni tadbirlar bugun viloyatning Yangibozor tumaniBog‘olon” va “Mang‘itlar” mahallalarida joylashgan ta‘lim maskanlarida bo’lib o‘tdi.

Unda vazirlik hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan o‘qituvchi va xodimlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya, undagi aynan ta’lim sohasiga oid kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yangilangan  Qomusimizning inson haq-huquqlarini himoya qilish, jamiyat va yurt taraqqiyotidagi o‘rni hamda roli haqida fikr va mulohazalar bildirdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan tadbirda yig‘ilganlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir fikrlari tinglandi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari aholining sohaga oid muammolarini ham qabul qildilar. Mazkur murojaatlar tegishli tartibda o’rganilishi va bartaraf etilishi ta’kidlandi.