Hududlardan xabarlar

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Hududlardan xabarlar
Avg 12, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏗Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining Markaziy apparati tomonidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi ishlab chiqildi.

📌Mazkur tizim sinov tariqasida Navoiy viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasida ishga tushirildi.

▶️Inspeksiya xodimlari ishtirokida 3 kun davomida seminarlar tashkil etildi.

Mazkur seminar natijalari boʻyicha hududdagi qurilish obyektlariga chiqqan holda yangi joriy etilayotgan tizimdagi qulayliklar, qurilish obyektlariga biriktirilgan mas’ul xodimlarning javobgarliklari, sifat nazorati va obyektlarni foydalanishga qabul qilishning shaffofligi taʼminlanishi yuzasidan test rejimida qurilish obyektlariga milliy axborot tizimi orqali inspektorlar tomonidan yozma koʻrsatmalar berilib, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

📌Shuningdek, Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasida ham milliy axborot tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Bu borada oʻquv seminarlar tashkil etilib, Jizzax shahri Sangzor MFYdagi 1-maktabni rekonstruksiya qilish obyektiga chiqqan holda tizimning test rejimida qurilish obyektlari orqali inspektorlar tomonidan yozma koʻrsatmalar berilishi, ijrosi taʼminlanishi yuzasidan ishlar olib borildi.

▶️Ushbu obyektda oʻtkazilgan nazoratda elektr kabel ishlarida maxsus gilzalar oʻrnatilmaganligi, monolit temir beton zinapoyalari sifatsiz bajarilganligi, monolit temir beton belbogʻlari oʻzaro bogʻlanmaganligi va qurilish maydoni qurilish chiqindilaridan tozalanmagani aniqlandi. Holatni barataraf etish boʻyicha pudratchiga tushuntirish ishlari olib borilib, masʼullarga elektron yozma koʻrsatmalar berildi.