• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Fev 28, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston” massivlariga press tur tashkil etildi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar uchun Farg‘ona shahar “Ilg‘or” MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga press-tur uyushtirildi.

✅ Press-tur ishtirokchilari umumiy maydoni 300 gektarda bunyod etilayotgan hududda uy-joylar qurilishi, obodonlashtirish ishlari, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, binolarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida fasad qismlariga bazalt plitalarini o‘rnatish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. OAV vakillariga FVV boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmalari hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining mutaxassislari tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Maʼlumot uchun: Bazalt plitalari bilan qoplangan uylarda o‘rtacha 30-35 foizgacha energiya samaradorligiga erishilib, yoz oylarida ham havo sovutgich qurilmalariga bo‘lgan ehtiyojni uch baravarga kamaytiradi. Chunki bazalt qoplamasi moʻtadil iqlimni nisbatan saqlash xususiyatiga ega.