📝Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan mulkdorlarga hisobot berildi.
Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida faoliyat olib borayotgan “Qo’qon ta’minot” boshqaruv kompaniyasida uy-joy mulkdorlariga 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Hisobotda bugungi kunda boshqaruv tashkiloti tomonidan 42 ta koʻp qavatli uy-joydagi 1 822 ta xonadonda yashovchi 6 853 ta aholiga kommunal xizmat koʻrsatib kelayotganligi, 2022-yilda kompaniya tomonidan koʻp kvartirali uy-joylarning tom, fasad va yertoʻla qismidagi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, bolalar maydonchalarini taʼmirlash hamda hududlarda olib boriladigan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bo’yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to’g’risida ham hisobot berildi.