• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

May 5, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari boshchiligida tuzilgan maxsus ischi guruh Toshkent viloyati Ohangaron tumanida oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda. Xususan, tumanning Nurobod qoʻrgʻonida faoliyat yurituvchi “INFINITI ASRI SDD” boshqaruv-servis kompaniyasining aholiga xizmat koʻrsatish sifati koʻzdan kechirildi.

Boshqaruv servis kompaniyasida 46 ta koʻp qavatli uy mavjud boʻlib, unga 5 nafar ishchi xodim tomonidan xizmat koʻrsatilib kelinmoqda. Koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, suv yoʻllarini ochish va boshqa kamchiliklar tanqid qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tumandagi sohaga oid boshqa masalalar vazirlik mutasaddilari, tuman hokimi hamda boshqa mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Xususan, faoliyati tugatilgan uy-joy mulkdorlarining 2 mlrd soʻm kredit qarzdorligi mavjud. Bu esa tizimda yetarli muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Ma’lumot uchun, Ohangaron tumanida jami 76 ta koʻp qavatli uy mavjud boʻlib, mazkur uylarga 3 ta BSK tomonidan xizmat koʻrsatilib kelinadi.