• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

May 11, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

☁️ Toshkent shahar Uchtepa tumani “23-Mavzehududida buyurtmachi “Max group house” MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi qurilishi Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o’rganildi.

Obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g’risida 2021-yilda nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuborilgan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining tegishli xulosasi bilan bino eskiz loyihasi 3 qavatga kelishilgan. 2021-yilda esa ushbu obyektda loyihadan chetga chiqqan holda qo’shimcha qavatlar qurilishi aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan tadbirkorga bir necha mata yozma ko’rsatma hamda ogohlantirish xatlari berilishiga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirgan tadbirkor Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 99-moddasi tegishli bandlari asosida javobgarlikka tortilgan hamda ushbu obyekt yuzasidan Sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.