✅ Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva poytaxtimizning Uchtepa tumani “Areba klass” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishmoqda. Xususan, 2022- yilning may oyida tashkil etilgan kompaniya faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, BSK binosida aholini qabul qilish sharoitlari hamda texnik imkoniyatlari koʻzdan kechirildi.
🫥 Vazir oʻrinbosari xizmat sifatini yanada yaxshilash, koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Ma’lumotlar uchun: Mazkur boshqaruv servis kompaniyasining 40 nafar xodimi tumandagi “Koʻhna Choʻponota” hamda “Bogʻobod” mahallalarida joylashgan 70 ta koʻp qavatli uydagi 4 219 ta xonadonga xizmat koʻrsatib keladi. “Areba klass” BSK aholiga qulaylik yaratish maqsadida 38 turdagi xizmat turlarini tashkil etgan. Shuningdek, koʻp qavatli uylar raqamlari va kompaniya haqida ma’lumotlar tushirilgan tablolarni zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Kompaniya boshqa boshqaruv tashkilotlaridan ham mazkur tablolar boʻyicha buyurtmalarni qabul qilmoqda.