• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 13, 2023 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilda ta’mirlanishi ko‘zda tutilayotgan 1 825 ta uylarning 27 tasi poytaxtimizning muammoli hududlaridan biri hisoblangan Chilonzor tumani “Oqtepa” mahallasidagi uylarga to‘g‘ri keladi. Davlat budjeti hisobidan mazkur uylarning barcha kommunikatsiya tarmoqlari hamda kirish yo‘laklaridagi elektr shitlar to‘liq yangisiga almashtiriladi. Shuningdek, uylarning yerto‘la qismlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirda mahalladagi 5 ta ko‘p qavatli uyda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva mazkur ishlarning borishi bilan tanishdi. Mas’ullarga ish sifatini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari uyma-uy yurib, aholi vakillari bilan uchrashdi. Ularga amalga oshirilayotgan ishlar mohiyati, afzalliklari bo‘yicha tushuntirishlar olib bordi:

Xabaringiz bor, anomal sovuq sharoitida siz yashaydigan uylarning issiqligi yuzasidan qator kamchiliklar ko‘rinib qoldi. Shu bois yurtboshimiz tashabbusi bilan poytaxtimizdagi aksariyat muammoli uylarning kommunikatsiya tarmoqlarini almashtirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Bunday ishlarni amalga oshirishda sizlar bilan hamkorlikda ishlashimiz lozim, – dedi vazir o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, “Oqtepa” mahallasida joylashgan 23 ta uy aholi roziligi bilan tumanda faoliyat yurituvchi “Bog‘iston” BSK boshqaruviga o‘tkazilgan. Hozirda BSK tomonidan uylarning tom qismida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ozoda Jo‘rayeva ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Aholi sizga ishonib o‘tdimi, ular kutgan natija bo‘lishi lozim. Odamlar ko‘chaga chiqishi bilan ozodalikni ko‘rib, bahri dili ochilishi kerak ,- dedi vazir o‘rinbosari.