Joriy yilning 24 iyun kuni Navoiy shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Joriy yilning 24 iyun kuni Navoiy shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
Iyun 25, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏢 Unda Qurilish vaziri o‘rinbosari O‘. To‘rayev, Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Xolmo‘minov, Navoiy shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i O‘.O‘rinov ishtirok etishdi.

🏗 Sayyor qabulda “Bunyodkor”, “Oltin Vodiy”, “Yangi Xayot”, “Farhod”, “Do‘rmon”, “Qalayi Azizon”, “Toshrabot”, “Kumushkon”, “Kimyogar”, “Guliston”, “Katta masjid” MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning shikoyatlari o‘rganib chiqilib, muammolari bartaraf etildi.

⚡️Qurilish ishlarida muammoga duch kelgan bir qator MCHJ mas’ullariga ham amaliy yordam berildi.

🏗 O‘zboshimchalik bilan qurilayotgan binolar, ko‘p qavatli uylardagi muammolar, yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uylar barpo etish, xonadonda qo‘shimcha qurilgan binoni uy-joy sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi o‘nlab murojaatlar tinglandi.

⚡️ Ularning ko‘pchiligi joyida hal etildi, o‘rganish talab etiladigani nazoratga olindi.