• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Muammolar o‘rganib chiqildi

Yanvar 18, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahri, “Ilg‘or” MFY, Boburshoh ko‘chasi hududidagi (239-ATS yonida) bo‘sh yer maydonida kotlovan qazilib, yer ishlari nihoyasiga yetkazilmasdan qurilish ishlari to‘xtab qolgani, bu esa inson hayotiga xavf solishi mumkinligi haqida post tarqadi. Ushbu masala Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Mazkur manzildagi 37-berk ko‘cha, 1-uyda yashovchi fuqaro Murodjon Akramovga qarashli hovli-joy yon qismida, 5-berk ko‘cha, 3-uyda yashovchi fuqaro Alisher Ortiqovga qarashli xonadonning orqa qismida yangi qurilish uchun kotlovan qazib qo‘yilgani, yer ishlari nihoyasiga yetmagani aniqlandi. Kotlovan atroflari to‘sib qo‘yilmagan, kotlovanning otkoslarida mustahkamlash ishlari bajarilmagan. Shu yerda yashayotgan aholining gapiga ko‘ra, hududda joylashgan xonadonlarni buzish ishlari 2014 yilda boshlangan bo‘lib, 7 ta xonadon buzilgan, yana 7 ta xonadonni buzish ishlari esa pudrat tashkiloti va xonadon egalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sabab to‘xtab qolgan. Hozirgi kunda qazilgan kotlovanning tutash hududdagi xonadonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli mavjud. (kotlovanga yomg‘ir suvlari to‘planishi mumkin).

Namangan shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy va To‘raqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasidagi 2 ta 9 qavatli yangi qurilayotgan turar-joy binolari o‘rtasida buzilmasdan qolib ketgan 30-uy, fuqaro Sobirjon Yuldashevga qarashli bo‘lib, hozirgi kunga qadar pudrat tashkiloti “Muhammad Said qurilish savdo” MCHJ o‘rtasida tuzilgan yozma hujjat (kelishuv xati)ga asosan, xonadonni ko‘chirish shartlari pudrat tashkiloti tomonidan xal etilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirgi kunda mazkur hovli-joyning yon tomon to‘siq devori, hojatxonasi, oshxonasi konstruktiv elementlariga salbiy ta’sirlar (darzlar, yoriqlar, devorlarni qisman buzilishi) mavjud. Bundan tashqari hovli ichki qismidan tabiiy yog‘ingarchilik suvlarini tashqariga chiqarish imkoni qolmagan bo‘lib, mavjud binolarning devorlariga salbiy ta’sir qilgan.

Yuqorida qayd etilgan xonadonlarning egalari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda ma’lum bo‘ldiki, yangi qurilayotgan qurilish ob’ektlarining pudrat korxonalari bilan buzilishga tushgan xonadon egalario‘rtasida “kompensatsiya” to‘lovlari bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud.

Ushbu muammolarni bartaraf qilish inspeksiya vakolatiga kirmaganligi sababli, bu borada Namangan shahar xokimligiga 4-01-55-son xat yuborilganini ma’lum qilamiz.