MUNOSABAT

Fev 14, 2022 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarga Buxoro shahar I.Karimov ko’chasi hududidan 2-3-uylarning g’arb tomonidagi binoda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlaridan norozi bo’lib yo’llangan murojaat Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqildi.

✅O’rganish jarayonida ushbu qurilayotgan obyekt B.Zoirovaga tegishli umumiy yer maydoni 850 m2 yakka tartibdagi uy-joy binosiga 2020-yil 3-dekabrda ko’chmas mulk huquqlari davlat ro’yxatidan o’tkazilib, tegishli guvohnoma olingan. Buxoro shahar Qurilish bo’limi tomonidan 2021-yil 4-yanvarda “B.Zoirovaga tegishli kadastr guvohnomasiga asosan o’ziga tegishli yakka tartibdagi uy-joy binosini birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish hamda yuqori qavatlari turar-joy binosi sifatida obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish to’g’risida”gi 4-sonli ruxsatnoma berilgan.
Fuqaro B.Zoirovaning buyurtmasiga asosan Buxoro viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 18-martda 1706-1706401-14314-sonli Arxitektura-rejalashtirish topshirig’i tayyorlangan. Mazkur obyektning Arxitektura-rejalashtirish topshirig’iga asosan loyiha-smeta hujjatlari “DIMAKS PROJECT” MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilib, Buxoro viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan obyektning bosh reja va tashqi ko’rinishlari kelishilgan hamda belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari rasmiylashtirilgan.

❗️Qurilish sohasida hududiy inspeksiyasi tomonidan esa 2021-yil 17-mayda 535-son bilan ro’yxatga olingan bo’lib, mazkur binoning sifat nazorati inspeksiya tomonidan uzluksiz tarzda olib borilayotganligini bildiramiz.