🍵 Qo’shimcha ma’lumot
🔔 Buxoro shahar Bahouddin Naqshband koʻchasi yoqasidagi binoning 7-qavatida to’sin (rigel)larga tayangan 5 ta plitaning tushib ketishi bilan bog’liq holatning aniq sabablari quyidagilar:
🔵 Binoning asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyasi ramaning to’sin (regil) qismlari mahalliy qum-shag’al aralashmasidan tayyorlanib, quyma betondan bajarilgan;
🔴 Beton ishlari qurilish maydonning o’zida qum-sement nisbatiga amal qilinmasdan, tavakkalchilikka asoslangan holda tayyorlangan;
🔵To’sin (rigel)lar yetarlicha mustahkamlik darajasiga ega bo’lmasdan turib, uning ostidagi yog’ochli tayanch ustunchalari olib tashlangan;
🔴O’rnatilgan plitalarning ustiga ortiqcha yuk berilib, konstruksiyaning zo’riqishiga sabab bo’lgan.
🧑⚖️ Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish talablari buzilganligi uchun fuqaro A.Sayfiddinov O’zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga asosan javobgarlikka tortilib, qurilish-montaj ishlari to’xtatildi.