• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 23, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Bektemir tumani H.Bayqaro ko’chasi 29a-yotoqxona binosi yonida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Nazorat inspeksiyasi  tomonidan obyektda monitoring o’tkazish davrida “BUXORO MAXSUS KO’PRIK QURILISH MONTAJ” MCHJga tegishli bino tasdiqlangan loyiha ijro hujjatlarisiz, ishchi loyiha bo’yicha ijobiy ekspertiza xulosasini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirmasdan, qurilish ishlarini boshlash yuzasidan xabarnoma yubormasdan va inspeksiyadan ro’yxatdan o’tmagan holda faoliyat olib borgani aniqlangan. Noqonuniy ravishda qurilish olib borayotgan MChJ rahbariga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma berilgan.

Ammo mas’ullarga berilgan bir necha bor ogohlantirishga qaramasdan hamda berilgan yozma koʻrsatma talablarini oʻz vaqtida bajarilmaganligi sababli inspeksiya tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to’grisida”gi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan 2 marta jarimaga tortilgan.

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qarorining tegishli bandiga muvofiq shaharsozlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan, davlat qurilish nazoratini amalga oshirishi bois koʼp qavatli turar-joy binosidagi xonadonlarni sotish, berish hamda sotuvchi va oluvchi oʼrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini bajarilishini nazorat qilish hududiy inspeksiya vakolatiga kirmasligini maʼlum qilamiz.