• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 12, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Buxoro viloyatidagi holat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.

Unga ko‘ra Buxoro viloyati, Kogon shahri, “Bobur” MFY, Qorovulbozor shoh ko‘chasida “Doktor Aslan” MCHJ tomonidan ko‘p qavatli, ko‘p tarmoqli davolash markazi binosi qurilishi uchun 2022-yil inspeksiya tomonidan ro‘yxatga olingan.
2022-yilda esa “Doktor Aslan” MCHJga tegishli bo‘lgan qurilishi tugallanmagan obyekt “Buxoro stroy yuksalish” MCHJ tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan.

Mazkur inshoot hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ko‘p tarmoqli davolash markazi binosini “turar-joy binosi” sifatida qayta ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish uchun 2023-yil 20-yanvarda ruxsatnoma berilgan.

Bugungi kunda ushbu binodagi qurilish ishlari yakunlangan bo‘lib, xonadonlarning barchasiga gaz hisoblagichlari o‘rnatilgan. Hozirda tashqi gaz quvurlarida montaj ishlari amalga oshirilayotganligini bildiramiz