🛠 Navoiy viloyatining Navbahor tumani «Chorvoqguzar» mahallasida loyiha qiymati 3 mlrd 365 mln so‘mlik 120 o‘rinli bolajonlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ishga tushdi.
🏡 Ikki qavatli inshootda tarbiyalanuvchilar uchun munosib shart-sharoitlar hozirlangan:
🎓 rus tili, ingliz tili, mental arifmetika xonalari, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlanib foydalanishga topshirildi.
✅ Muassasa ishga tushishi munosabati bilan 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
❗️Yil oxiriga qadar tumanda davlat sherikchilik asosida 4 ta MTM binosi qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa tumandagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi taʼlim-tarbiya bilan qamrab olinadi.