• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Press-tur ishtirokchilarining navbatdagi manzili ToshkentboshplanLITI boʻldi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Press-tur ishtirokchilarining navbatdagi manzili ToshkentboshplanLITI boʻldi
Avg 30, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📌Press-tur ishtirokchilarining navbatdagi manzili ToshkentboshplanLITI boʻldi. Bu yerda jurnalistlar bosh rejalarni ishlab chiqish jarayoni va maketlar bilan tanishdilar.

💫Soʻnggi yillarda muloqotimizda megapolis, aqlli shahar kabi soʻzlar yangray boshladi? Xoʻsh, megapolis oʻzi nima? U qanday jihatlari bilan farqlanadi? Shaharlarning bir-biriga qoʻshilib ketishi yoki ilmiy atama bilan aytganda aglomeratsiyalarning birikib ketishi natijasida hosil boʻladigan yirik shaharlar toʻplami megapolis deb yuritiladi. Bunda urbanizatsiya jarayonlarining ham oʻrni katta ahamiyatga ega. Agar masalaga shu jihatdan qarasak poytaxt Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, shaharning bosh rejasini ishlab chiqish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? – degan haqli savol tugʻiladi. Bu borada oxirgi yillarda sezilarli ishlar qilinmoqda, – deydi soha mutaxassislari. Maʼlum boʻlishicha, ToshkentboshplanLITI korxonasi masʼullari turkiyalik mutaxassislar bilan Toshkent shahrining Bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni boshlab yuborishgan.

🫧“Biz bu joyni hayot laboratoriyasi deb atadik. Boisi ilgʻor texnologiyalar aynan shu yerda hayotga tatbiq etiladi. Hozirda oʻzbek mutaxassislari bilan bir qatorda, germaniya va gollandiyalik ekspertlar bilan ham hamkorlik qilyapmiz. Toshkentni arxitekturaviy jihatdan rivojlantirishda uning oʻziga xos madaniyati ham inobatga olinadi. Shu kunlarda Toshkentboshplanliti korxonasida ishlarimiz qizgʻin bosqichga chiqqan. Rejalarimiz mutasaddilarga maʼqul boʻlganidan mamnunmiz. Biz bu atelyeda shahar renesansini yaratamiz. Bu jarayonlarda oʻzbekistonlik yosh salohiyatli mutaxassislar bilan bir safda mehnat qilayotganimiz eʼtiborga molik. Toshkent shahrini loyihaviy jihatdan takomiliga yetkazishda avvalo, ekologik jihatga katta eʼtibor qaratilmoqda. Qulaylik va xavfsizlik ham birlamchi masala. Biz oʻzbek quruvchi dizaynerlari bilan Toshkentni turli ranglarda kashf qilamiz”, – deydi turkiyalik urbanist

⚡️Bu yer mahalliy yosh mutaxassislarimiz va xorijlik hamkorlar uchun muhokama maydoni. Poytaxt qurilishida nimalarga eʼtibor qaratish kerak, infratuzilma, transport, logistika, yashil hududlar, bino va inshootlar joylashuvida shaharsozlik normalari, bunda rivojlangan davlatlar tajribasi kabi turli xil qarashlar ilmiy asosda amaliyotga integratsiya qilinmoqda. “Aqlli shahar” tushunchasiga yondashuvlar xilma-xil, biroq u doim texnologiyalar bilan boyitilgan aholi yashash punktini anglatadi. Bunday texnologiyalarning mohiyati tushunarli – qurilmalar oʻzaro aloqada tashqi olam bilan inson ishtirokisiz, ammo uning farovonligi yoʻlida xizmat qiladi. Aqlli shaharlarning maqsadi – shaharliklar hayotini qulayroq va xavfsizroq qilish, shuningdek, shahar moliya mablagʻlari va hududini tejashdan iborat. Kelajakning ideal aqlli shahrida har bir qadamda aholini texnologiyalar kutib oladi, ular yagona ekotizimni hosil qiladi va inson hayotining barcha jihatlari uchun javob beradi: jamoat transportida harakatlanishdan tortib, chiqindining qayta ishlanishigacha. Eʼtiborlisi ushbu muassasada ana shunday fikrlaydigan salohiyatli yoshlar ilmni real hayotga koʻchirish ustida izlanishmoqda.

🩸Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Qurilish vazirligi va uning sohaga masʼul tashkilotlari eʼtiboridan Toshkent shahrini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish masalasi muhim oʻrin egallagan. Aholini talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda shaharni kengaytirish, qiyofasini bosqichma-bosqich oʻzgartirish, bunda har bir loyiha ustida chuqur izlanishlar olib borish birlamchi vazifa boʻlib qolmoqda.