Prezidentning “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5054-son qarorida Toshkent arxitektura-qurilish va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlarida madaniy meros ob’ektlarini asrash fakultetlarini tashkil qilish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish vazirligida joriy yilning 5 may kuni Turizm va sport hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining mas’ul xodimlari, shuningdek, tarkibdagi institutlarning professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.