• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

QURILISH HAMKORLIK

Dekabr 18, 2020 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Qurilish vazirligida Belarus Respublikasi delegatsiyasi va Qurilish vazirining o‘rinbosari Iskandarov Erkin Bo‘riyevich boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Belarus tomoni “Bellesbumprom” Konserni va unga a’zo kompaniyalar (50 dan ortiq) haqida taqdimot materiallarini namoyish qildi.

“Zavod gazetnoy bumagi” direktori yog‘ochdan quriladigan uy-joylar va ularning ahamiyati, iqtisodiy ko‘rsatkichlar xususida ma’lumotlar berdi. Ushbu yo‘nalishda hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.