• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish klasterlari qanday tashkil etiladi?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qurilish klasterlari qanday tashkil etiladi?
Apr 27, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️Qurilish klasterlarida, avvalo, loyihalashtirish, xomashyodan tortib, tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish zanjiri boʻlishi shart. Bunda zamonaviy texnika va malakali mutaxassislari hamda sifatni nazorat qilish laboratoriyasi mavjud boʻlgan qurilish tashkilotlari tushuniladi.

Bunday klasterlarga aylanma mablagʻ uchun 10 milliard soʻmdan revolver kredit, asbob-uskuna va qurilish texnikasini olib kelish uchun 2 million dollarlik uzoq muddatli kreditlar ajratiladi.

✅Shuningdek, zamonaviy asbob-uskuna va qurilish texnikasi olib kelish uchun 2 yilga bojxona imtiyozlari beriladi.

➡️Jumladan, qurilish tashkilotlariga ushbu texnikalarni lizing asosida xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish uchun 50 million dollar resurs ajratish ham yoʻlga qoʻyilgan.