⚡️“Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar haftaligi” anjumani oʻtkazilmoqda.
🖇Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Qurilish sohada innovatsion texnologiyalar haftaligi” oʻz ishini boshladi. Mazkur haftalik joriy yilning 5-sentabridan 9-sentabriga qadar davom etadi.
🩸Tadbirda Qurilish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi masʼullari, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti olimlari innovatsion mahsulotlar hamda drayver loyihalari bilan ishtirok etmoqda.
✍️Qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida ilmiy tadqiqotchilar, yetuk olimlar hamda qurilish tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish maqsadida ushbu innovatsion texnologiyalar haftaligining oʻtkazilayotganligi, mazkur sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirishga, yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor boʻlgan istiqbolli loyihalarni tanlab olishga katta imkoniyatlarni yaratadi.