• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

REYD

May 5, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

↪️Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan nazorat tadbiri Yunosobod tumani 18-mavze 54-uyda ham bo’lib o’tdi.

Fuqarolarning murojaatiga asosan 2019-yilda qurilishi tugallangan va davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan mazkur uydagi noqonuniy holat o’rganildi. Unga ko’ra 3-xonadon mulkdori N.Rahmonova tomonidan o’zboshimchalik bilan ochiq maydon bo’lgan terassa qismi g’isht bilan yopib, yashash joyi va ofis sifatida foydalanayotgani ma’lum bo’ldi.

Holat bo’yicha fuqaroga nisbatan tegishli tartibda bayyonoma rasmiylashtirilib, o’zgartirilgan joylarni avvalgi holatiga qaytarish bo’yicha mulkdorga majburiy ko’rsatma berildi.