“O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ham Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Qonun loyihasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 8 oy davomida muhokama etildi, deputatlarining 30 dan ortiq asosli takliflari inobatga olindi, 90 ga yaqin tahririy va texnik tuzatishlar kiritildi.
Amaldagi Shaharsozlik kodeksi 2002 yilda qabul qilingan bo‘lib, 7 bob va 59 ta moddadan iborat edi.
Taklif etilayotgan kodeks loyihasi 12 ta bob va 85 ta moddani tashkil etib, unga yangi 5 ta bob va 26 ta modda kiritilmoqda. Shuningdek, 20 dan ortiq moddalarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.
Shu kunlarda joylarda muhokamalar davom etmoqda.