• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

TAFSILOT

Yanvar 11, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❄️ Mamlakatimizda havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan koʻp xonadonli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlari tomonidan kuni kecha 5 009 ta ishchi xodim aholi xavfsizligini ta’minlash uchun jalb qilindi. Xususan, ko‘p kvartirali uylarning 39 779 ta kirish yo‘lagi qordan tozalanib, jami 418 705 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi.

Jizzax viloyatida boshqaruv organlari tomonidan 191 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 613 ta kirish yo‘lagi qordan tozalandi. 3 123 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi.

Navoiy viloyatida boshqaruv organlari tomonidan 485 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 3 880 ta kirish yo‘lagi qordan tozalanib, 62 080 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi.

Buxoro viloyatida boshqaruv organlari tomonidan 315 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 6 599 ta kirish yo‘lagi qordan tozalandi.

Qashqadaryo viloyatida boshqaruv organlari tomonidan 364 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 4 293 ta kirish yo‘lagi qordan tozalandi va 3 535 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepilib, zarur chora – tadbirlar ko‘rildi.

Samarqand viloyatida boshqaruv organlari tomonidan 477 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 7 032 ta kirish yo‘lagi qordan tozalandi hamda 16 521 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi.

Sirdaryo viloyatida boshqaruv organlari tomonidan 361 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 1 083 ta kirish yo‘lagi qordan tozalandi va 16 938 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepilib, zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan.

Surxondaryo viloyatida boshqaruv organlari tomonidan 48 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 575 ta kirish yo‘lagi qordan tozalandi, 1 665 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi.

Toshkent viloyatida boshqaruv organlari tomonidan 282 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 5 464 ta kirish yo‘lagi qordan tozalanib, 191 240 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepilib, zarur chora – tadbirlar ko‘rildi.

Toshkent shahrida boshqaruv organlari tomonidan 2 486 ta ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 10 300 ta kirish yo‘lagi qordan tozalandi. 123 603 kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi.

🔔 Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida kuni kecha qor yog‘ish holati kuzatilmagan.