• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

TOSHKЕNT VILOYATIDA 16 QAVATLI TURARJOY FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > TOSHKЕNT VILOYATIDA 16 QAVATLI TURARJOY FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
May 26, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Uzoq yillar davomida Chirchiq shahrida birorta ham ko‘p qavatli uy-joy qurilmagan edi. Keyingi yillarda shahar qiyofasi tubdan yangilandi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Chirchiqda o‘nlab zamonaviy, zilzilabardosh va energiya tejamkor ko‘p qavatli uy-joylar bunyod etildi. Xususan, 2017-2019 yillar davomida birgina “O‘zshahar qurilish invest” IK tomonidan davlat dasturi asosida uy joyga ehtiyojmand oilalar uchun shaharda 18 ta 7 qavatli turarjoy qurib foydalanishga topshirilgan edi. 2020 yilda qurilishi boshlangan 2 ta 16 qavatli turarjoy majmuasi esa nafaqat Chirchiq shahri uchun balki, Toshkent viloyatida ham o‘ziga hos yangilik bo‘ldi.

Mazkur uylar quyma temirbeton konstruksiya hisoblanadi. Har bir xonadon to‘liq gazlashtirilgan va individual isitish tizimiga ega. Xonadonlar mo‘’tadil iqlimini saqlashi uchun bino tashqi devorlari bazalt mineral plitasi bilan qoplangan. Binoda ikkitadan zamonaviy yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori liftlar o‘rnatilgan. Energotejamkor uylarda raqamlashtirilgan texnologiyalar keng qo‘llanilgan bo‘lib, yongin xavfsizligi, xavfsizlik choralari nanotexnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan.

Ayni paytda mazkur uylarda qurilish ishlari to‘liq yakunlanib o‘z egalariga foydalanishga topshirildi. Ushbu uylar aholiga 20 yillik ipoteka kreditlari asosida berildi. Hozirda hududda yana 2 ta har biri 80 xonadonli 16 qavatli uylar bunyod etilayotgan bo‘lib, tez kunlarda tayyor holda foydalanishga topshiriladi.