Joriy yilning 23-28 noyabr kunlari vazirlik tarkibidagi 13 ta kollej va 3 ta texnikumda yozma imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Imtihon qabul rejasidan ortiq abituriyent hujjat topshirgan yo‘nalishlarda tashkil etildi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida yozma imtihonlar o‘tkaziladigan joylar videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlandi. Natijada barcha jarayonlar jamoatchilik va abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida kuzatib borildi.
Shuningdek, imtihon jarayonlariga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari ryruh nazoratchisi sifatida jalb etildi. Komissiya a’zolari tomonidan imtihon o‘tkazilgan kunning ertasiga natijalar e’lon qilinib borildi.