O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qaroriga muvofiq yerto‘ladan foydalanuvchilar uchun belgilanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdori tegishli tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Yil boshida hokimliklar tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam miqdori to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismini foydalanishga berish yuzasidan belgilangan ushbu miqdor (stavka) minimal ekanligi inobatga olinib, umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq ijara narxi o‘zgarishi mumkin.