✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi Farmoniga muvofiq “Aktiv seysmik himoya qurilmalarini qo‘llash va yasash bo‘yicha chet el mutaxassislarini jalb qilgan holda qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish” topshirig‘i ijrosi yuzasidan Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamkorligida o‘quv kursi tashkil etildi.
🖇Unda joriy yilning 14-15-16-sentabr kunlari AQShning Berkli shahridagi Kaliforniya universiteti hamda “O’zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi doirasida Qurilishda texnik me’yorlash markazida xizmat safarida bo’lib, faoliyat olib borayotgan Koreyaning qurilish va texnologiyalar instituti (KICT) mutaxassislari professor Kwan Seop Yang va Professor Woo Woontaeklar o‘z tajribalaridan ishtirokchilarga ulashishdi.
Mazkur o’quv kursida Qurilishda texnik me’yorlash markazi, loyiha tashkilotlari, Toshkent arxitektura qurilish instituti doktorantlari, Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli tashkilotlarning ilmiy xodimlari hamda ko’plab seysmika bo’yicha soha mutaxassislari qatnashib, kerakli bilim va ko‘nikmalarni olishdi.