• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 31, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Joriy yilning 30-mart kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan murojaatda  Buxoro shahar Mustaqillik koʻchasida qurilayotgan koʻp qavatli uylarning birida quruvchi yuqori qavatdan turib, pastga qum tashlagani va bunga chora koʻrilishida amaliy yordam soʻralgan.

Ushbu murojaat Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari va mahallaning profilaktika inspektorlari tomonidan oʻrganib chiqildi hamda “Oshxonalar tresti” MCHJ ishchisi fuqaro S.Rustamov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 161-moddasiga asosan jarimaga tortildi. Xususan, holat yuzasidan korxona rahbari boshchiligida barcha ishchi xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi.