⚡️Andijon viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar joyida o‘rganib chiqildi.
Inspeksiya tomonidan qurilishga mas’ullar obyekt bo‘yicha 2021-yil 1-martda qurilish-montaj ishlarini boshlaganligi haqida xabarnoma berganligi va uning roʻyxatdan o‘tganligi aniqlandi.
✅Xabarda koʻrsatib oʻtilgan qurilish obyekti yengil konstruksiya materiallardan foydalangan holda qurilayotgan oʻlchami 18,0×10,0 metr, balandligi 5,0 metr boʻlgan vaqtinchalik inshoot “MARIN BUSINESS TRADE” MCHJning oʻz mulki huquqidagi yer maydonida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
?Mazkur bino sotuv ofisi va qurilish obyekti shtabi sifatida foydalanish uchun qurilmoqda hamda kelgusida ushbu vaqtinchalik bino buzib olinadi.