🏢 Unda Qurilish vaziri o‘rinbosari Nasrulla Babayev, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Jalol Arashov, Sergeli va Yangihayot tumanlari qurilish bo‘limlari boshliqlari hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “O‘zshahar qurilish invest” IK mutasaddilari ishtirok etdilar.
🏗 Sayyor qabulda “Yangi turmush” MFY 7A qurilish hududi 1,2,3,4-uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning shikoyatlariga asosan joyiga chiqib o‘rganildi va muammolar bartaraf etildi.
3A mavze 22-uy, Yangi choshtepa mavzesi 38-uy, 8-mavze 45-uy, 5A mavze 9,10,11-uyda yashovchilarning murojaatlari ham joyida hal etildi.
⚡️ Boquvchisini yo‘qotgan, nogiron farzandi bor fuqarolarning xonadonlaridagi kamchiliklar bartaraf etib berildi.
🏗 O‘zboshimchalik bilan qurilayotgan binolar, ko‘p qavatli uylardagi muammolar, yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uylar barpo etish, xonadonda qo‘shimcha qurilgan binoni uy-joy sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi o‘nlab murojaatlar tinglandi.
⚡️ Ularning ko‘pchiligi joyida hal etildi, o‘rganish talab etiladigani nazoratga olindi.