• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

“2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar”

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > “2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar”
Yanvar 16, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati Qurilish vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan ham keng o‘rganildi. Hududlar bilan ham ZOOM orqali aloqa o‘rnatildi.

Davra suhbatida mamlakatimiz taraqqiyoti uchun konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning o‘ziga xos jihatlari, undan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi.

Darvoqe, Murojaatnomada qurilish sohasi mutaxassislari oldiga ham qator vazifalar qo‘yilgan. Xususan, kelgusi yili 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o‘z faoliyatini boshlashi aytib o‘tilgan.

Matbuot xizmati