Avval xabar qilinganidek, Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Nikita Stasishin boshchiligadagi delegatsiya mamlakatimizda mehmon bo’lib turibdi. Tashrif doirasida mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Davronjon Odilov bilan “Texnopark” lift zavodi va Tashkent City xalqaro biznes markazi hududidagi “Real House Mix” majmuasini ko’zdan kechirdilar. Loyiha,100 000 m² turar-joy majmuasi, 45 000 m² biznes markazi binosi ,54 000 m² savdo markazi , 40 000 m² bank ofis binosidan iborat.
“Rossiya va Oʻzbekiston qurilish sohasida yaqindan hamkorlik qilmoqda. Oʻzbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda kadrlar malakasini oshirish, o’zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishda bor imkoniyatlardan foydalanamiz”, — dedi Rossiya Federatsiyasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Nikita Stasishin.
Tomonlar fuqarolarning ayrim toifalari uchun ipoteka kreditlash bo‘yicha imtiyozli dasturlarni amalga oshirish yuzasidan o’zaro tajriba almashishdi. Shuningdek, qurilish sohasida kadrlarning malakasini oshirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.