• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

9 oyda qancha turar-joy foydalanishga topshirildi?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > 9 oyda qancha turar-joy foydalanishga topshirildi?
Noyabr 16, 2020 Posted by: tested Yangiliklar

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9-oyida respublika bo‘yicha jami 44,4 mingta yoki 8398,8 ming kv.m turar-joy foydalanishga topshirildi.

Turar-joylarning asosiy qismi, ya’ni 95,4 % ni uy xo‘jaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.

Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar ulushi 3,2 % ni, qolgan 1,4 % turar-joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan bunyo etilgan turar-joylarning 70,7 % i hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar-joylarning 76,9 % i qishloq joylarda qurilgan.