Kuni kecha Uchtepa tumani 14-mavzeda joylashgan 7-8-9-uy aholisini elektr tarmoqlaridagi uzilishlar 3 sutkadan buyon qiynayotgani aniqlandi.
Hududga elektr ta’minotidagi uzilishlar manbaini aniqlovchi laboratoriya guruhi, maxsus texnika vositalari hamda qo’shimcha ishchi kuchi jalb etilib, mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borildi.
Aniq maqsad, tezkor yondashuv sabab yuqorida ta’kidlangan 3 ta uyda elektr ta’minoti tiklandi!