• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Aholi uchun qurilayotgan uylarning dislokatsiyasi, narxi hamda ipoteka krediti olish mumkin bo‘lgan banklar va kredit shartlari haqidagi ma’lumotlar jamlangan veb-portallar yaratildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > E'lonlar > Aholi uchun qurilayotgan uylarning dislokatsiyasi, narxi hamda ipoteka krediti olish mumkin bo‘lgan banklar va kredit shartlari haqidagi ma’lumotlar jamlangan veb-portallar yaratildi
Iyun 17, 2021 Posted by: tested E'lonlar Yangiliklar

Bu haqda AOKAda Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi:

«Shahar va qishloq joylarda ko‘p qavatli uy-joylarni barpo etishga mo‘ljallangan massivlar va uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqildi. Qurilish vazirligi tomonidan, uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari doirasidagi uy-joylar loyihalari, ularni dislokatsiyasi (joylashuvi), soni, ishlatiladigan qurilish materiallari, narx-navo shakllanishi, ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi narxi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan uy-joy.mc.uz veb-portali yaratildi.

Shuningdek, ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar ajratish tartibi, uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, ular tomonidan qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlar shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka-bozori.uz Ipoteka veb-portali ishga tushirildi.

Bugungi kunda ikkala veb portallar integratsiya qilish yo‘li bilan bir-biriga bog‘landi hamda fuqarolar uchun ma’lumotlar olinishi yanada yengillashtirildi».