O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTINING 2020 YIL 16 OKTABRDAGI PQ-4864-SON “O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH DASTURLARINI SHAKLLANTIRISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” QARORIGA MUVOFIQ 2021 YILDA INJINIRING XIZMATLARINI KO‘RSATISH UCHUN XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYЕKTLARINI JALB ETISH MAQSADIDA
QAYTA TANLOV E’LON QILADI!
2021 yilda injiniring xizmatlarini ko‘rsatish uchun xususiy tadbirkorlik subyektlari jalb etiladigan obyektlar
RO‘YXATI
T/r | Ob’ekt nomi |
I | Yangidan quriladigan obyektlar: |
1. | Uchtepa tumanidagi 283-son maktabning 540 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv bloki |
2. | Bektemir tumanidagi 289-son maktabning 630 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv bloki |
3. | Yashnobod tumanidagi 23-son maktabning 630 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv bloki |
4. | Yashnobod tumanidagi 61-son maktabning 630 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv bloki |
5. | Mirobod tumanidagi 83-son maktabning 630 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv bloki |
II | Rekonstruksiya qilinadigan obyektlar: |
1. | Olmazor tumanidagi 4-son (sobiq) 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi |
2. | Yakkasaroy tumanidagi 358-son 720 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi |
3. | Yashnobod tumanidagi 203-son umumta’lim maktab binosi |
4. | M. Ulug‘bek tumanidagi 35-son umumta’lim maktab binosi |
5. | Yunusobod tumanidagi 53-son umumta’lim maktab binosi |
Buyurtmachi: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi.
Moliyalashtirish manbaii: Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi talablarga loyiq bo‘lishlari lozim: ish (xizmat) larni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy hamda mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligi, mutaxassislarning yetarli kasbiy va ilmiy malakaga ega bo‘lishi, korxonalarning moliyaviy hamda moddiy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik va tajribali bo‘lishlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi, o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi, insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi bo‘lishi shart;
Tasdiqlangan tanlov hujjatlarini yuklab olish.
Ishtirokchilar o‘z korxonalarini talabgorlar ro‘yxatiga kiritish hamda tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi so‘rovnomalar bilan tanlov tashkilotchisi Tanlov savdolarini tashkil etish Toshkent shahar konsalting markaziga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishlari lozim: Toshkent shahar, Abay ko‘chasi, 6a-uy. tel. (998 71) 244 12 17. e-mail: tender_tash@bk.ru
Takliflar 2020 yil 24 dekabr soat 12:00 ga qadar Toshkent shahar, Abay ko‘chasi, 6a-uy, (705-xona) manzilida qabul qilinadi.