Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan joriy yil uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirish ishlari boshlanmoqda. Xususan, “Humo-Zilola Barhayot” BSK tomonidan boshqaruvidagi Imom Al Buxoriy ko’chasi 46 a, b, v, g-son ko’p kvartirali uylarning tom qismini mukammal ta’milash ishlari boshlandi. Hozirda boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Imom Al Buxoriy ko’chasi 46 b-son uyning 1 934 kv m tom qismi mukammal ta’mirlanmoqda.
Ma’lumot uchun: “Humo-Zilola Barhayot” BSK tomonidan mazkur 4 ta ko’p kvartirali uyning 7 700 kv m tom qismini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.