Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5152-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan, Fargʻona shahar Qirguli mavzesidagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi “Max bunyodkor” boshqaruv kompaniyasining dispetcherlik xizmatiga aholidan kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.
🗄Xususan, joril yil yanvar-mart oylari davomida kompaniya hisobidan 9 ta koʻp kvartirali uylarning tom qismlari, kirish yo’laklari taʼmirlandi, 6 ta uylarning yertoʻla muhandislik kommunikatsiya tizimlari, 600 p/m kanalizatsiya tik quvurlari, 21 ta elektr shitlar taʼmirdan chiqarildi.
🌳 Shuningdek, koʻp qavatli uylarning atrofini obodonlashtirish, eng asosiysi yashil maskanga aylantirish choralari ko’rilmoqda.
📍 FARG’ONA