• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Bugun 14 fevral - Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi nishonlanadigan sana

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bugun 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi nishonlanadigan sana
Fev 14, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

BOBUR VA BUNYODKORLIK

Bobur va boburiylarning Hindistondagi bunyodkorlik faoliyati “Boburnoma”da zo‘r muhabbat bilan tasvirlangan.

… Nechukkim, “Zafarnoma”da Temurbekning “Masjidi sangin” imoratini qilurda Mulla Sharaf mundoq mubolag‘a bila bitibdurkim, Ozarboyjon va Fors va Hinduston va o‘zga mamolik sangtaroshlaridin har kunda ikki yuz kishi masjidda ish qilurlar edi. Bir Agrada ushbu Agraning sangtaroshlaridin mening imoratlarimda har kunda olti yuz sekson kishi ish qilurlar edi. Yana Agrada va Sekriyda va Bayanada va Do‘lpurda va Gvaliyarda va Ko‘yilda ming to‘rt yuz to‘qson bir sangtarosh har kunda mening imoratimda ish qilurlar edi”.

Boburshohning mazkur so‘zlari uning bunyodkorlik borasida ulug‘ bobosi Amir Temur Sohibqirondan o‘rnak olganini ko‘rsatadi. Nainki o‘rnak olgan, Sohibqiron qurdirgan “Masjidi sangin”da 200 kishi ishlagan bo‘lsa, Bobur bunyod ettirgan imoratlarda 1491 sangtarosh xizmat qilgan. Shu bois Bobur va boburiylar tomonidan barpo etilgan Dehlidagi Humoyun maqbarasi, Qizil qal’a ansambli, Jome masjidi, Agradagi qal’a, Tojmahal, Fathpur Shekriy shahri, Sekandaradagi Akbarshoh maqbarasi, Lohurdagi qal’a va boshqa inshootlar hanuzgacha Hindiston ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelmoqda.

Javoharla’l Neru: “Bobur Hindistonga kelishi tufayli buyuk o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, san’atda, hayotda, me’morchilikda va madaniyatning boshqa sohalarida yangicha taraqqiyot yuz berdi”, deya e’tirof etgan edi.

Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatta kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatta sevinmas emish, albatta, kishi.