• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Bugun Toshkent arxitektura va qurilish institutida "KARYERA KUNLARI" mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Bugun Toshkent arxitektura va qurilish institutida “KARYERA KUNLARI” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi
Apr 13, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Bugun Toshkent arxitektura va qurilish institutida “KARYERA KUNLARI” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda qariyb 70 dan ortiq qurilish, arxitektura sohasida faoliyat olib borayotgan idora va tashkilotlarning vakillari oʻzlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini talaba yoshlarga taklif etdilar. Mehnat yarmarkasi har tomonlama manfaatli boʻldi. Yoshlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha bo‘sh ish oʻrinlari bilan tanishdilar. Talab va takliflar oʻrganildi. Shunday qilib, institutning 300 nafar talabalari soʻrovnomalarni toʻldirib, kelgusidagi rejalarni kelishib oldilar. 40 nafardan ziyod yoshlar bilan tashkilotlarda ishlash boʻyicha shartnomalar imzolandi.