2021 yilning IV choragida amalga oshiriladigan ushbu loyiha qiymati 14 mln AQSH dollari. Mehmonxona 224 xona va 450 o‘ringa mo‘ljallangan. Mehmonxona 7 qavatli bo‘lib, hozirda bino qurib bitkazilgan, xonalarga ajratish ishlari ketmoqda.
«Biz investorlar, dunyo xalqlarining O‘zbekiston haqidagi qarashlarini o‘zgartirish vaqtimiz keldi» — dedi «Hyatt International, Development»ning Yevropa, Afrika, O‘rta Sharq va Janubi-G‘arbiy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Takuya Aoyama.