• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

BUNYODKORLIK ISHLARI OʻRGANILDI

Apr 25, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

➡️Soha mutasaddilari Namangan shahri, Yangi Namangan hamda Davlatobod tumanlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi boʻyicha oʻrganish oʻtkazdilar.

✅Xususan, Yangi Namangan tumani “Saxovat” mahallasi hududida bunyod etilayotgan suv inshooti qurilishi koʻzdan kechirildi. Soʻng hududni shahar bilan bogʻlovchi avtomobil yoʻli qurilishining borishi koʻrildi.

❗️“Bunyodkor” MFYda koʻp qavatli uylarning qurilishi bilan joyida tanishilib, quruvchilarga kamchiliklar bo‘yicha eʼtirozlar bildirildi.

🟢Shundan soʻng ”Taraqqiyot” KSZda boshlangan ishlar koʻrib chiqildi. Shaharda noqonuniy qurilishlarga barham berish bilan birgalikda maxsus avtotransport vositalari, yuk mashinalarining yoʻl chetida emas, alohida belgilangan joyda turishi masalasi ham koʻrib chiqildi.