✅ Kuni kecha “O‘zshaharsozlikLITI” DUKda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
⚠️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qarori bilan tasdiqlangan dasturga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022-yil “Manzilli roʻyxat”ga kiritilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan “OʻzshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi:
🗣 Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Andijon shaharchasi;
🗣 Buxoro viloyati, Kogon tumani, Sarayonobod shaharchasi;
🗣 Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Sayyod shaharchasi;
🗣Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mugʻlon shaharchasi;
🗣 Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani, Chimyon shaharchasi;
🗣Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Shoʻrsuv shaharchasi
🗣 Fargʻona viloyati, Quvasoy shahar, Doʻstlik shaharchalarining bosh rejasi va markaziy qismining batafsil rejalashtirish loyihalari muhokamaga qoʻyildi.
🎙 Muhokamaga qoʻyilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha kengash aʼzolari, hokimlik va tegishli tashkilot hamda idoralar vakillarining fikr va mulohazalari tinglandi.